So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 431,2 mlrd. soʻmga oshib, 7 656,9 mlrd. soʻmga yetdi. Jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,3 % ni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln.tni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar - 388,9 mln.t hissasiga to‘gri kelgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil 1-fevral holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 968 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi esa quyidagicha:
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 88,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 16 564 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 6,4 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda Andijon viloyatining aholi jon boshiga YAHM o‘sish sur’ati 114,3 % ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1,3 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan oʻsish surʼati 120,9 % ni tashkil etdi. Ushbu xizmat turlari boʻyicha Navoiy (132,2 %), Namangan (131,6 %), Andijon (130,7 %), Jizzax (128,8 %) va Toshkent (127,8 %) viloyatlarida nisbatn yuqori oʻsish surʼatlari kuzatildi.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlari jami eksportning 3,1 % ini tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya hamda Qozogʻiston davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyati jahonning 77 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Koreya Respublikasida (36,2 %), XXR da (14,9 %), Qirgʻiz Respublikasida (10,9 %), Qozogʻistonda (10,8 %), Rossiya Federatsiyasida (10,9 %), Turkiyada (2,6 %) va Meksikada (2,7 %) qayd etilgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6 411,0 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 95,1 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,2 % ni tashkil qildi.
Andijon viloyatida 2022- yilning yalpi hududiy mahsulot deflyatori indeksi 2021- yildagi narxlarga nisbatan 115,7 foizni tashkil etdi. YAHM deflyatori indeksining eng yuqori ko’rsatkichlari sanoatda – 117,8 % va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 114,1 % qayd etildi.
2023- yil 2- mart kuni boshqarmada navbatdagi “2 mart – O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kun” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev va boshliq o‘ribosari M.Yusupovlar ishtirok etishdi.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p ulush kichik korxona va mikrofirmalarga – 30,8 % i to‘gri kelgan. Hududlar kesimida esa eng ko‘p ulush Surxondaryo viloyatida – 96,4 % qayd etilgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 481 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 333,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 439,7-martani tashkil etdi.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,6 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 104,2 %, fuqarolik obyektlari qurilishida 102,9 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 137,8 % ni tashkil etgan.
02/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar oyida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 86,1 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 13,9 % ni tashkil etdi.
2023- yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 308 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 486 taga kamaydi va 38,8 foizni tashkil etdi.
01/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yil yanvar oyida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 30,3 % ni tashkil etdi, bu esa 447,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.
263-sahifa 331 dan