So'nggi yangiliklar

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 29 439 birlikka yetdi. Xizmatlar sohasida 20 110 birligi jalb etilgan bo‘lib, bu ularning umumiy sonining 68,3 foizini tashkil etdi. 

2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 15 402,1 milliard so‘mni yoki jami Qishloq xo‘jaligi hajmining 98,2 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 113,6 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 93,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 21-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Vena instituti direktori Ervi Joli va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuv oʻtkazildi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga Andijon viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2 092 tani tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 752 tasi yoki viloyatdagi jami korxonalarning 36,0 % Andijon shahrida joylashgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida 3,7 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Germaniyadan Oʻzbekistonga 17 807 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.

2023-yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 958 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatida jami 4,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-iyul oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 336,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,7 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 21-sentabr  kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faolyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidov hamda Andijon shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  O. Iminovlar ishtirokida Andijon shahridagi dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023-yil 20-sentabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo boshqarmasi hamda boshqarmaning hududiy statistika bo‘limlari va tuman (shahar)lar xodimlari oʻrtasida onlayn seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 21-sentabr  kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev hamda Tashqi iqtisodiy faolyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidovlar ishtirokida Andijon tumanidagi dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha 308,1 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 45,5 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 % ga kamaydi. 

Joriy yilning 21-sentabr  kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev hamda Tashqi iqtisodiy faolyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Obidovlar ishtirokida Andijon tumanidagi dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 13 354,0 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 8,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-sentabr kuni Аndijon iqtisodiyot va qurilish institutida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgalik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Buloqboshi tumanida (2 150,2 mlrd. so‘m), Andijon shahar (664,3 mlrd. so‘m)