03/10/2023

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonfrensaloqa tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda statistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr-mulohaza bildirildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiz Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasida ochiq va doʻstona munosabatlar, oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, statistika sohasida oʻzaro tajriba almashish masalalarida ko‘plab taklif va tavsiyalar berilgan edi.

Videokonfrensaloqada ham ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik doirasida Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashishdi.

Shuningdek, Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi kelgusida statistika sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini belgilab beruvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech