29/09/2023

Andijon viloyatining 16 ta shahar va tumanlarida 2022-yil yakuni bo‘yicha 66 ta madaniyat muassasalari faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli yo‘nalishdagi 200 ta to‘garak va mashg‘ulot xonalari mavjud. Yil davomida madaniyat markazlari xodimlari tomonidan 3 426 ta rangbarang mavzudagi madaniy-ma’rifiy-ommayiy tadbirlar o‘tkazilgan. Ulardan 933 tasi bolalar va 550 tasi ayollar uchun mo‘ljallangan.