O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning II choragida O‘zbekistonda turar joy ko‘chmas mulki narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 4 foizga oshgan.

Kvartiralar narxi bir yil davomida 5,5 foizga, jumladan:
birlamchi bozorda — 7,1 foizga;
ikkilamchi bozorda — 4,2 foizga qimmatlashgan.
Yakka tartibdagi uylar narxi esa 2025 yilning II choragiga nisbatan 2 foizga oshgan.
Toshkent shahrida kvartiralar narxi bir yilda 3,9 foizga, respublikaning qolgan hududlarida esa 7 foizga ko‘tarilgan.
2026 yilning II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan metodologiya — gedonik regressiya usuli asosida hisoblanmoqda (https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/69154-o-zbekiston-respublikasida-uy-joy-bozori-narx-indekslarini-hisoblash-metodologiyasidagi-o-zgarishlar-to-g-risida). Mazkur usul uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, bozordagi narxlar dinamikasini yanada aniqroq baholash imkonini beradi.




