29/09/2023

2023-yil 25-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan Andijon shahar A.Yassaviy MFYning hodimlari xamda aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi “Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qaroriga fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid milliy qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 480-sonli Qarori va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirdi.

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech