So'nggi yangiliklar

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tarkibida oziq-ovqat va ichim-liklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ustunlik qilib – 85,5 %ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumanida (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 25,1 %), Xonobod shahrida (25,8 %) va Andijon tumanida (21,2 %) kuzatildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, jami ishlab chiqarishda mashina va asbob uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning ulushi 0,6 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 0,7 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 306,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyati turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Paxtaobod tumani (4227,0 ming so‘m), Andijon shahri (3182,0 ming so‘m), Qo‘rg‘ontepa tumani (3151,2 ming so‘m) hamda A ndijon tumani (3116,3 ming so‘m)da kuzatildi. 

2023-yil yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 4 101 tani tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 3 591 ta, oilaviy korxonalar 249 ta, xususiy korxonalar 66 tani tashkil etgan.

Andijon viloyati hududlar kesimida 2023-yilning yanvar-oktabr oyi holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi solishtirilganda eng yuqori hajm Andijon shahri (9 438,7 ming so‘m), Shahrixon (6 788,5 ming so‘m) va Xo‘jaobod (5 005,9 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-oktabr holatiga koʻra, 1 004,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 876,8 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 127,3 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 419,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 2,4 %ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 88,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, jami ishlab chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 3,8 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,6 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 2 098,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 922,2 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 80 973 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,9 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi 10,2 % ga oshgan va ishlab chiqarish hajmi 552,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 464,2 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 56,5 ming tonna uzum yetishtirildi. 

Andijon viloyatida ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’lim (5 704,7 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’lim (1 528,1 ming so‘m)da kuzatildi.

Andijon viloyatida 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 30 253 tani tashkil etdi, ulardan 24 912 tasi kichik korxona va mikrofirmalar. 

Joriy yilning 14-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev va Shahrixon tumani statistika bo‘limi mas’ul hodimi bilan birgalikda  Shahrixon tumanida INI 12-narx (nooziq-ovqat) oylik kuzatuvi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, tovar va maxsulot narxlari o‘rganildi va olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.