So'nggi yangiliklar
24/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarilarida tashqi savdo aylanmasi 3 616,5 mln. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 562,9 mln. AQSh dollariga yoki 13,9 % ga ko‘paydi.
24/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15 412,3 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 % ni tashkil etdi.
24/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-oktabr holatiga Andijon viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2 130 tani tashkil etdi. Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 766 tasi yoki viloyatdagi jami korxonalarning 36,0 % Andijon shahrida joylashgan.
2023-yilning 19–21-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM)ning O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi” bo‘yicha ikkinchi milliy muvofiqlashtiruv mexanizmi yig‘ilishi tashkil qilindi.
24/10/2023 • So'nggi yangiliklar
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Andijon viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kungi “O‘zbekiston-2030" strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni yuzasidan seminar tadbiri tashkil qilindi.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 48 429,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,1 % ni tashkil etdi.
24/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 44 718,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi mehnat jamoasi boshqarma boshlig‘i N.To‘xtaboyev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumida viloyat statistika boshqarmasi hovlisida manzarali ko‘chatlar ekishda faol ishtirok etdilar.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.To‘xtaboyev boshchiligida boshqarmaning mehnat jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumida, jumladan Andijon shahrining “Bog‘i Bobur” hududida tashkil etilgan manzarali ko‘chatlar ekish jarayonida faol ishtirok etdilar.
20/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni o‘zligimizni anglatuvchi, Ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman, Sizlarga baxt-saodat, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilayman.
2023-yil yanvar-avgust natijalariga koʻra, MDH mamlakatlaridan import ulushi 4,2 % ni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 48,0 % ga kamaydi.
20/10/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 3,4 mln nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sayyohlik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Andijon viloyatida 2022-yilning yanvar-avgustiga nisbatan o‘rganilayotgan davrda ijara xizmatlari hajmi 2023-yil yanvar-avgust oylarida 20,8 mlrd so‘mga oshib, 252,5 mlrd so‘mga yetdi. Xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.
2023-yilning 1-iyul holatiga respublika boʻyicha sabzavotlar ekilgan maydon 245,1 ming gektarni tashkil etdi.
20/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 514,2 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 % ga oshgan. 2023-yilning sentabr oyida yirik korxonalar tomonidan 59,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.
20/10/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 179,4 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 4 558,8 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 3,8 % va 96,2 % ni tashkil etdi.
Andijon shahrida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 852,8 mlrd. so‘m iste’mol mollari ishlab chiqarildi.
20/10/2023 • So'nggi yangiliklar
21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan, 2023-yil 20-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
205-sahifa 362 dan