22/12/2023

Joriy yilning 22-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov Jalaquduq tumanida bo‘lib, hududiy statistika boʻlimi mas’ul xodimi bilan birgalikda dehqon bozori va savdo markazlarida oʻtkazilayotgan 12-bozor dehqon oylik hamda 4-savdo (JSh) choraklik  tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etdi.

Kuzatuv jarayonida qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning bir oy davomida ishlagan kunlari hamda ularning o‘rtacha bir kunlik tushumi  bo‘yicha ma‘lumotlar o‘rganilib registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya