22/12/2023

2023-yil 22-dekabr kuni boshqarmada navbatdagi Zahiriddin Muhammad Bobur
va Hamid Olimjonning  hayoti va ijodi”
mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma bolig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev, boshqarmaning ma’naviy va ma’rifiy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

 

Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J. Tuxtabayeva so‘z olib, Andijon farzandi Z.M. Boburning O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligini, Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolib, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy olganligini hamda Usmon Nosirning o‘zbek xalqining atoqli farzandi – dilbar shoir, talantli dramaturg, yirik olim va tanqidchi Hamid Olimjon o‘zidan o‘lmas meros qoldirgani, o‘zbek she’riyatida jo‘shqin lirizmga asoslangan she’riyat maktabini yaratgan shoir ekanligini aytib o‘tdi.

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur
va Usmon Nosirning hayoti va ijodi yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi hamda ularning asarlaridan parchalar o‘qildi.       

   

Tugmani bosing Tinglash GSpeech