So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupov va Izboskan tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi Sh.Begmatov bilan birgalikda Izboskan tumanida INI 12-narx (iste'mol) oylik kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tumandagi belgilangan savdo ob'yektlarida kuzatuv o'tkazdilar. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupov hamda Andijon tumani statistika bo’limi xodimi A.Bozorov bilan birgalikda Andijon tumani Yangiobod MFYda bo‘lib, mahalla fuqarolar yig'ini raisi bilan 2024-yilda o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikrlar almashdilar.

 O‘zbek tilining izohli lug‘atida: Vatan - kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri, ona yurti, diyori, har bir fuqaro uchun mamlakat, turar joy, boshpana, maskan, uy ma’nolarini ifodalashi ko‘rsatilgan.

Jahon tajribasida mamlakat aholisining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, kasbi, bandligi, daromad manbai va boshqa jihatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plashning eng samarali usuli aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish hisoblanadi.

Xo‘jaobod tumani tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-noyabr holatiga 2,7 % ulush bilan 127,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Joriy yilning 15-yanvar kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. G‘ulomjonov tomonidan  Shahrixon tumani Ortish MFYda xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, mashina va asbob-uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning ulushi 0,5 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,8 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 339,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 12-yanvar sanasida boshqarmada  O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi O‘RQ 707-sonli Qonunining  mazmun-mohiyati to‘g‘risida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

  2024-yil 12-yanvar kuni boshqarmada navbatdagi 14 yanvar - “Vatan himoyachilari  kuni” munosabati bilan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyatida 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 58,9 % qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,7 % o‘smalardan, 4,7 % baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 3,6 % ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 6,6 % nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 % yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 14,1 % boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi – axborot va aloqa sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 206,0 % ni tashkil etdi. 

Andijon viloyatida 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar