29/01/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga Andijon viloyatining doimiy aholi soni 3 394,4 ming kishini tashkil etib, 2023-yil boshiga nisbatan 71,7 ming kishiga yoki 102,2 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 772,4 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 52,2 %), qishloq aholisi soni 1 622,0 ming kishi (47,8 %)ni tashkil etdi.