30/01/2024

Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, himoya qilish har birimizning farzandlik burchidir.

 

Axir donolarimiz bekorga aytishmaganku: Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas, Yurt qo‘riganning yurti buzilmas. Yurtda vatanni sevadigan, ardoqlaydigan va  himoya qiladigan mardlar bor ekan shu yurt doimo yuksalaveradi, gullayveradi. Har bir el, har bir millat uchun o‘zining tug‘ilib o‘sgan vatanidan ardoqliroq maskan bo‘lmasa kerak.