05/06/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Andijon viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 430,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 25,5 foizga oshgan.

 Umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 8,1 foizni tashkil etdi.

 Shu bilan birga, 2025-yil yanvar-aprel oylarida viloyatdan xorijiy davlatlarga 12,8 million AQSH dollari miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan. Bu 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 5,6 million AQSH dollariga ko‘p.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksportining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
 Meva-sabzavot mahsulotlari – 10 778,9 ming AQSH dollari
 Sut mahsulotlari va parranda tuxumi – 511,5 ming AQSH dollari
 Don va don mahsulotlari – 139,4 ming AQSH dollari
 Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari – 1 387,3 ming AQSH dollari