Andijon viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2025 yilning 1 may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 1 179 tani tashkil etdi.
Ularning soni yil boshidan buyon 40 taga oshgan.
Shuningdek, ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi sanoat sohasiga (37,1 %) to‘g‘ri kelmoqda va ular sohalar kesimida quyidagicha:
sanoat sohasida – 437 ta
savdo sohasida – 329 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 164 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 112 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 32 ta
tashish va saqlash sohasida – 25 ta
qurilish sohasida – 8 ta
axborot va aloqa sohasida – 6 ta
boshqa sohalarda – 66 ta