03/12/2025

     Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son Qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyati bo‘yicha ma’ruza qildi.
     Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 11.11.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1095-son Qonuni yuzasidan tushuntirishlar berildi.
     Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi hamda «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirishga, xususiy bandlik agentliklarining huquqlari va majburiyatlarini kengaytirishga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligini belgilashga hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi borasida so‘z yuritildi.