2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Andijon viloyati tomonidan jami 48 ta davlatdan 2 432,5 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar importi amalga oshirildi.
Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga kamaygan.
Xorijiy davlatlardan import qilingan tovar va xizmatlar tarkibi (ulushi, %da):
Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 55,4 %
Sanoat mahsulotlari — 20,0 %
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 1,2 %
Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 1,3 %
Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan mahsulotlar — 7,2 %
Boshqa turdagi tovar va xizmatlar — 14,0 %




