26/11/2025

Joriy yilning 26-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N. To‘xtaboyev hamda bo‘lim boshliqlar A. Saidmaxmudov va F. Kenjaboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, UZ-TONG HONG KO qo‘shma korxonasida o‘quv seminar tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha so‘rovnoma shakllariga ma'lumotlarni aniq va to‘g‘ri kiritish hamda qishloq xo‘jaligi yerlari, chorvachilik va parandachilik bo‘yicha ham amaliy tushuntirishlar berildi.