04/06/2025

     Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 3-iyun kuni Andijon viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi I.Saitova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Shahrixon tumanidagi “Buvaydo” MFYda istiqomat qiluvchi Z.Xasanovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.