So'nggi yangiliklar
Andijon viloyati stattistika boshqarmasi mehnat jamoasi Sizni va barcha oila a’zolaringizni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt, dasturxoningizga qut-baraka tilaymiz. Ushbu yil sizlarga omad va baxt hamda sermazmun kunlar olib kelsin! Yana bir bor yangi yilingiz muborak bo‘lsin.
2023-yilning 29-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida tizimda fidokorona mehnat qilib, soha rivojlanishiga oʻzining kuch-salohiyati, bilim va tajribasini ayamay, ulkan hissa qoʻshayotgani uchun Statistika agentligi rahbarining faxriy yorliqlari topshirildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 2 280,2 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
29/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transportida yuk aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 79,4 % ni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,8 % ni tashkil qildi.
29/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida, 2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 8 532,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 4 609,6 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 69,7 % ni tashkil etdi.
29/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 026,7 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan.
Andijon viloyatida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 632,6 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,0 % ini tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 1 270 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Аholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu — hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala.
28/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 12,4 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
28/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yiling 27-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Qodirov Andijon shahrida 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo‘yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib bordi.
2023-yining 1-oktabr holatiga ko‘ra, otlar umumiy sonidan 22,3 % fermer xo‘jaliklariga, 76,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
28/12/2023 • So'nggi yangiliklar
Hududiy kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlarining ulushi Andijon shahrida (26,9 %), Asaka (8,6 %), Andijon (8,3 %), Shahrixon (7,2 %) va Baliqchi (5,4 %) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu hududlarda jami kichik biznes subyektlari sonining 50 %dan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.
28/12/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-noyabr oylarida 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan viloyatning Andijon shahri (8,7 %), Jalaquduq (10,3 %), Qo‘rg‘ontepa (12,8 %) va Oltinko‘l (9,3 %) tumanlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.
28/12/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-noyabr oylarida Andijon viloyati tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 24,2 % ni tashkil etdi.
Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-noyabr oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 345,2 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 1,8 % ini tashkil etdi.
Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,2 % ni tashkil etdi. 2022-yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,4 % ni tashkil qildi.
199-sahifa 385 dan




