Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi – axborot va aloqa sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 206,0 % ni tashkil etdi. Shuningdek, yuqori o‘sish bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib 120,4 %, tashish va saqlash sohasi 185,7 %, savdo sohasi 139,4 %, sanoat sohasi 126,2 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 114,1 %, ta’lim sohasida 113,9 % hamda qurilish sohasi 131,9 % ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.