11/01/2024

Andijon viloyatida 2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,8 foizi yoki 9 359 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi.

Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi 63,0 foiz ulushni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 69,8 foizni tashkil etdi;

- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida 30,2 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 73,5 foizni tashkil etdi

- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 6,8 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,4 foizni tashkil etdi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya