So'nggi yangiliklar

Andijon viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 1 131,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Andijon shahrida transport xizmatlari hajmi 1 729,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur'ati 106,2 % ni tashkil etgan.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 68,4 % yoki 5 093,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 823,0 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,1 % ini tashkil etdi.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda sanoat sohasi boʻyicha jami 99 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 1-fevral holatiga savdo sohasida 221 232 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan Paxtaobod tumanida 54,1 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 24 913,9 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,8 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida jami 7 444,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 5 150,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 28,4 % ini tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Baliqchi tumanida 693,2mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 118,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 1 537,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot  hajmi joriy narxlarda 68 223,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yil bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi. 

2024 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatmizning doimiy aholi soni 3 394,4 ming kishini tashkil etib, 2023-yil boshiga nisbatan 71,7 ming kishiga yoki 102,2 % ga ko‘paydi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 380,6 mln. l. tabiiy mineral gazsiz suvlar ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar bosh soni 275,9 mingtaga yetgan.