20/03/2024

     O‘zaro mehr-oqibat, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan Navro‘z – Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi.

     Shukuhli bahor kunlarida respublikamizning barcha hududlarida milliy bayramimiz bo'lmish Navro'z bayrami nishonlanib, keng ko'lamli bayram tadbirlari o'tkazilmoqda.

     Joriy yilning, 19-20-mart kunlari Andijon viloyati Statistika Boshqarmasida ham ushbu umumxalq bayrami milliy qo'shiq va ashulalarimiz jarangi ostida ko'tarinki ruhda nishonlanib, unda milliy taomlarimiz, shuningdek, dasturxon ko'rki sumalaklar doshqozonlarda pishirildi.

     Andijon viloyati Statistika Boshqarmasining ahil jamoasi Navroʻz umumxalq bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech