So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida temiryoʻl transportida 7 425,7 ming nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 751,4 ming kishiga koʻpdir (2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 6 674,3 ming yoʻlovchi tashilgan).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 2023-yil 17-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida tadbir o‘tkazildi.

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 271,8 ming boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,9 %ga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, elektr uskunalari ishlab chiqarish ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,6 % ni, fizik hajm indeksi 50,3 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 296,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida direktor oʻrinbosari hamda onlayn eʼlonlarni joylashtirish boʻyicha eng ommabop elektron maydonlardan biri boʻlgan “OLX CLASSIFIEDS” MCHJ (Olx – savdo belgisi) rahbari tomonidan oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 23,9 mln. boshga yetdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 %ga koʻpaydi.

Andijon viloyatida qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Jalaquduq tumani (3343,8 ming so‘m), Andijon tumani (2598,8 ming so‘m), Andijon shahri (2280,2 ming so‘m), Ulug‘nor tumani (1265,2 ming so‘m)da qayd etildi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich talabalarga “Mamlakatimizda olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari” mavzusida ochiq dars oʻtib berdi.

2023-yilning 9 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 6,3 ming tonnani tashkil etdi.

Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 18,5 % ulushini tashkil etdi. Shundan – 95,5 %ni ishlab chiqarish sanoati, 1,8 %ni suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish, 2,2 %ni tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash hamda 0,5 %ni elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tashki etgan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Erondan Oʻzbekistonga 5 299 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 250,9 ming so‘mni (2022-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan 103,3 %) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratlgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 918,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, eksportyorlar soni 389 taga yetdi va ular tomonidan 869,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2022-yilning mos davriga nisbatan 0,5 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 81,9 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari qishloq xo‘jaligida 96,1 % ni, yo‘lovchi aylanmasida 95,2 % ni, yo‘lovchi tashishda 92,9 % ni, chakana savdoda 82,8 % ni, qurlilishda 76,6 % ni, yuk aylanmasida 69,7 % ni tashkil etdi.

Inson huquqlari  boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzuda oʻquv kursi boshlandi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 872,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 6,8 %ga o‘sdi.