18/03/2024

     Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda qoʻy va echkilar soni 24,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,2 % ga koʻpaydi.

     Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qoʻy va echkilar umumiy sonining 77,5 %  i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 15,5 % i – fermer xoʻjaliklari, 7 % i  – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.