So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 17-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya-kelajak kushandasi boʻlibgina qolmay umr zavoli hamdir ” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

2023-yil 17-noyabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosarov tomonidan  Andijon shahar Uyg‘urobod MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yil 17-noyabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B.G‘ulomjonov  tomonidan  Shahrixon tumani Yangi hayot MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 17 388,8 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,5 % ni tashkil qildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,7 % ni, fizik hajm indeksi 116,5 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 324,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati Baliqchi tumanida qurilish ishlari hajmi 172,9 mlrd. so'mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 %ni qayd etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida (47,1 %)

2023-yil 1-yanvar holatiga Andijon viloyatining doimiy aholisi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 204,9 ming kishini tashkil etgan.

Andijon viloyatida savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Andijon shahri (3773,9 ming so‘m)

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 384 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan. 

2023-yil 1-noyabr holatiga koʻra,viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 30 072 tani tashkil etdi, ulardan 24 732 tasi kichik korxona va mikrofirmalar.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oyi holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Andijon shahri (8 414,9 ming so‘m), Shahrixon (5 767,2 ming so‘m) va Xo‘jaobod (4 306,3 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida MDH mamlakatlariga 780,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportdagi ulushi 89,8 % ini tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 756,8 mlrd. so‘mdan iborat bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,0 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 73,8 %ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 98,3 %ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10 982,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga 1 174,3 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 88,2 % ni tashkil etdi.