So'nggi yangiliklar

Viloyatimizda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 82,2 ming tonna uzum yetishtirildi.

Viloyatimizda 2024-yil yanvar oyida savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 156 tani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida viloyatning uyushmagan savdo tovar aylanmasi 236,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 135,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida Andijon shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 410,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 114,2 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,4 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, 418 710 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 413,2 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,6 % ini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 90,8 trln. soʻmni tashkil qilgan. 

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 3 189,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,2 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar oyida Andijon viloyatining Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi 37,0 mln.AQSH dollarini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida jami 444 096 nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Andijon viloyatida 2024-yil yanvar oyida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 531,1 ming so‘mni tashkil etdi. 

2024-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2 871 tani tashkil etdi.

2024-yilning 1-fevral holatiga Andijon viloyatida bino va inshootlar qurilishi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 1 177 tani tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024-yilning yanvar oyida viloyat korxonalari tomonidan 2 857,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 207,7 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, 1 480 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,3 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 64 %, transfertlardan olingan daromadlar 26,7 % hamda shaxsiy iste’mol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,3 % ni tashkil etgan.