01/04/2024

     2024-yilning 28-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va ekspertlar guruhi tomonidan Statistika agentligi tizimida 2023-yil davomida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar baholandi.

     Statistika agentligi va hududiy boshqarmalarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarilari natijasi ekspertlar tomonidan 84 ball bilan baholandi. Statistika agentligi ushbu natija bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida  21-oʻrinni egalladi.

     Kelgusida bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash, mehnat jamoasida korrupsiyaviy omillarga nisbatan ommaviy immunitetni shakllantirish hamda sogʻlom muhitni yaratish maqsadida strategik rejalar ishlab chiqiladi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya