So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda savdo sohasida 5 512 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan. So‘nggi besh yilning mos davrlarida yangi tashkil etilgan savdo sohasidagi korxonalar soni quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 897,6 tonna yogurt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 23,8 % ga oshgan. 2023-yilning fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 432,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublika boʻyicha oʻrtacha bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni 18,5 kv.m.ni tashkil etib, 2022-yilga (18,2 kv.m) nisbatan 0,3 kv.m.ga koʻpaygan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan bo‘lib,  ularning  so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekistonda 2023- yil yanvar-fevral oylarida jami 114 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida kichik biznesning  yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 69,5% ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oyida 2262 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi. So‘nggi yillarning mos davrlarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni quyidagicha aks etdi:

2023- yil 1- yanvar holatiga, Andijon viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 130,6 ming boshni (2022- yil 1- yanvar holatiga nisbatan 102,5 %), shundan sigirlar – 389,5 ming boshni (102,3 %), qo‘y va echkilar – 1 526,5 ming boshni (102,4 %), otlar – 7,2 ming boshni (101,7 %) hamda parrandalar – 10 536,7 ming boshni (111,7 %.) tashkil etdi.

2023- yil 1- mart  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 12649 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yil yanvar-fevral yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 1 097,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 42,2 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 26,9 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 30,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3,6 ming tonna mis sim ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,5 % ga oshgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyatida jami 635,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha jami 4 823,0 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. O’zlashtirilgan xorijiy kreditlarning 547,0 mlrd. so‘mi yoki jamiga nisbatan 11,3 % i O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 4 276,0 mlrd. so‘m yoki 88,7 % i kafolatlanmagan xorijiy kreditlarni tashkil etdi.

2023- yil 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 161 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan. Ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 73,8 ming tonna gips (gips tosh) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,0 martaga oshgan.