10/12/2024

     Joriy yilning 10-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan  huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

     Dastlab, O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi.

     Tadbirda, Boshqarma bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov so‘zga chiqib, madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka ishonchi teran ifodalanganligini, unda mardona o'tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik kabi umuminsoniy tuyg'ular tarannum etilganligini yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi. O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabr kungi “O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi ekanligi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi ta’kidlandi.

     Bundan tashqari tadbir davomida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni oldini olish, korrupsiyaviy jinoyatlarning oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham tushuntirishlar berildi.