2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 54 464,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 8,6 % ga o‘sdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 41,3 %), sanoatda 122,6 % (23,4 %), qurilishda 107,2 % (5,6 %) va xizmatlar sohasida 106,2 % (29,7 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 16 564,0 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 6,4 % ga o‘sdi.