2023- yil 09- fevral kuni boshqarmada navbatdagi “Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev hamda boshqarma boshlig‘ining o‘ribosari M.Yusupovlar ishtirok etishdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘ribosari M.Yusupov Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat arbobi va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz riviojida alohida o‘rin tutishini o‘z sozlarida ‘ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuyksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallashini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida A.Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turli ekanligi hamda bizga meros bo‘lib qolgan “Hamsa” asari haqida baxs munozaralar bo‘ldi. Ruboiy va g‘azallaridan parchalar o‘qildi.
Jondin seni kup sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortuq bulmas,
Ondin seni kup sevarmen, ey umri aziz.
A.Navoiy