Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 520 199 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan. Ularning soʻnggi yillarda oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:2018-yilda – 261 191 ta
2019-yilda – 332 676 ta
2020-yilda – 405 019 ta
2021-yilda – 458 538 ta
2022-yilda – 520 199 ta