Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,4 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 22,3 %;
- ikki bolalilar 28,0 %;
- uch bolalilar 18,6 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,5 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 23,6 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.