07/01/2023

2022-yilning 31-dekabr holatiga koʻra, tuzilgan mazkur reyting Oʻzbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda eʼlon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tahliliga asoslanadi. Yakuniy reyting Oʻzbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qoʻmitalarining faoliyatini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Reyting koʻrsatkichlari davlat idoralari matbuot xizmatlari va mansabdor shaxslarining keng jamoatchilik eʼtiborini tortgan faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni milliy ommaviy axborot vositalarida yoritishda faollik darajasini aks ettirishini nazarda tutadi.

Yakuniy koʻrsatkichlarni tuzishda u yoki bu vazirlik faoliyati toʻgʻrisida eʼlon qilingan original materiallar, eʼlon qilingan axborotning auditoriyasi, turi, tonalligi (salbiy, neytral), axborotga nisbatan izohlar soni, koʻrishlar soni va boshqalar inobatga olindi.

Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan tegishli metodika asosida mazkur statistik maʼlumotlar yakuniy koʻrsatkichlarni tuzishga xizmat qildi.

E’tiborlisi, yakuniy reyting natijalariga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi uchinchi o‘ringa loyiq topildi.

photo_2023-01-06_17-39-09

Ushbu natijaga erishishda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan 2022-yil davomida qo‘mitaning veb saytida – 4725 ta, telegramda – 16571 ta, facebookda – 16571 ta instagramda – 350 ta, shuningdek, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida – 8 mingga yaqin statistik maʼlumotlarning eʼlon qilingani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.