07/01/2023

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 373-son qaroriga muvofiq, davlat organlarida raqamli rivojlanish darajasini 2022-yil III chorak yakunlari bo‘yicha reyting baholash amalga oshirildi.

Reyting baholari NIS.UZ – axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, baholashda jami 54 ta davlat organlari ishtirok etgan.

O‘tkazilgan baholash ishlari bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi quyidagi natijalarga erishdi:

 – “Ochiqlik va elektron ishtirok” (maksimal 28 ball) tashkilot faoliyatining ochiqlik va shaffoflik darajasini aniqlash, aholi bilan muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish, sohaga oid yangilik va xabarlarni ulashish va shu yo‘nalishdagi faoliyatni baholash ko‘rsatkichini o‘z ichiga oladi, ushbu ko’rsatkich bo’yicha qo‘mita – 25,38 ball (92,14 foiz) oldi;

– “Elektron xizmatlar” (maksimal 20 ball) davlat xizmatlarining taqdim etilish sifati hamda ularning elektron shaklga o‘tkazish darajasi baholanadi, ushbu ko’rsatkich bo’yicha qo‘mita – 19,33 ball (96,65 foiz) oldi;

– “Axborot va kiberxavfsizlik” (maksimal 20 ball) axborot xavfsizligi darajasi va raqamli ma’lumotlar, korporativ tarmoqlar va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar baholanadi, ushbu ko’rsatkich bo’yicha qo‘mita – 19,04 ball (95,2 foiz) oldi;

– “Axborot tizimlar” (maksimal 20 ball) tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat va jarayonlarni elektron shaklda taqdim etishda foydalaniladigan hamda tashkilotlarning asosiy vazifa va funksiyalarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan axborot tizimlari baholanadi, ushbu ko’rsatkich bo’yicha qo‘mita – 20 ball (100 foiz) oldi;

– “Tashkiliy qism” (maksimal 12 ball) tashkilotlarning AKT bo‘limlari faoliyati samaradorligi, zarur idoraviy hujjat va dasturlarning mavjudligi, IT loyihalarni amalga oshirishda ijro intizomini baholaydi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha qo‘mita – 12 ball (100 foiz) oldi.

Raqamli transformatsiya bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning yakuniy natijasi bo‘yicha qo‘mita 95,75 ball to‘plab, Davlat organlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

internet