19/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, shaxsiy xizmatlar hajmi 7 059,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda jami ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining ulushi 64,9 %ni tashkil etdi. Boshqa shaxsiy xizmatlar ulushi 23,6 % bo'ldi. Oʻz navbatida, to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining ulushi 6,5 %ga yetdi. Jismoniy komfortni taʼminlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3,2 %ni hamda dafn marosimlarini tashkil qilish xizmatlari va shu bilan bogʼliq xizmatlarning ulushi esa 1,8 %ni tashkil etdi.

21022022-6

Tugmani bosing Tinglash GSpeech