13/12/2022

Joriy yilning 9- dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” shiori ostida seminar tashkil qilindi.

 

 

 

Mazkur tadbirga boshqarma boshlig‘i, Bosh yuriskonsult hamda tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.To‘xtaboyev so‘zga chiqib, bugungi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylanganligi, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelinishi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqarishi, jamiyat va davlat uchun oʻta xavfli boʻlgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib berishi haqida ma’ruza qildi.