2022- yil 07- dekabr kuni boshqarmada navbatdagi “Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ochib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 30 yil to‘lganlini, Davlat ramzlari va madhiyamiz vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim vosita etganligini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, 1992- yil 10- dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo‘lgan kun sifatida kirib kelganligini, mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat, bunyodkorlik va tadbirkorlikka ruh bag‘ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzidir ekanligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.