2022- yil yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat - 4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 49-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risi”da 2022- yil noyabr oyi hisoboti yilda bir marta, 16-dekabrdan kechiktirmay.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 45-ilovasi bilan tasdiqlangan “1-hudud tumanlar va shaharlarning ma‘muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risi”da
2022- yil uchun hisobot 15 dekabrdan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqami: (74) 228-30-54
Andijon viloyati statistika boshqarmasi