2022- yil 07- dekabr kuni boshqarmada navbatdagi “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan barcha xodimlarni tabriklab, asosiy qomusimiz insonning ijtimoiy huquqlariga ham katta e’tibor qaratgan bo‘lib, ayniqsa mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish, dam olish, ijtimoiy ta’minot olish kabi huquqlarni alohida konstitutsiyaviy darajada e’tirof etganligini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Konstitutsiyamizda inson salomatligi kabi bebaho ne’matga maxsus to‘xtalinib, har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi qayd etilganligini, Asosiy Qonunimizda har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Asosiy qomusimizda belgilangan barcha ezgu g‘oyalarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun muntazam idrok etib borishimiz muhumligi haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati