07/12/2022

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chorak asrdan sal ko‘proq muqaddam 1992-yil 8- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11- sessiyasida qabul qilingan.

 

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu hujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

Konstitutsiya Kuni erkin va kuchli davlat ramzi, mamlakat taraqqiyoti va har bir insonning hayot sifatini oshirish poydevoridir.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi chin dildan, bag‘rikenglik, mustahkam sog‘lik, farovonlik va vatanimiz ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilishingizni tilaydi!