Joriy yilning 18- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov Andijon viloyatiga Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislarining ish faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashrif buyurdi. O‘sha kuni viloyatning 7 ta tumaniga borib, monitoring o‘tkazildi. 19-noyabr kuni monitoring natijalari bo‘yicha U.Madaminov , boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov va bo‘lim xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.