30/10/2022

 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

 

 

 

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.

Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.

Xususan, 30- oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi tomonidan Yangi Andijon massivida  hashar tashkil etildi.

Hasharchilar ekilgan koʻchatlar tagini hashaklardan tozalab, bo’sh turgan joylarga pavloniya ko'chatlari ekildi.

 

 

Axborot xizmati