21/10/2022

 Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil 21- oktabrda “O‘zbek tiliga - Davlat maqomi berilgan kun” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Andijon davlat pedagogika instituti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Madaminova Ma’muraxon Abdumannob qizi taklif etildi.

 

 

 Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov ochib, so‘zni boshqarmaning Ma’naviy va ma’riy ishlariga mas’ul xodimi J. Tuxtabayevaga berdi. J. Tuxtabayeva o‘z ma’ruzasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonuni to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga tushuncha berib o‘tdi. So‘ng Andijon davlat pedagogika instituti, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi M. Madaminovaga so‘z berildi. M. Madaminova o‘z so‘zida o‘zbek tilining tarixi, uning kelib chiqishi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tiliga alohida to‘xtalib, xodimlarning savollariga javob berdi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati