21/10/2022

 2022- yil 21- oktabr kuni boshqarmada navbatdagi “Davlat tili – birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, har yili 21-oktabr kuni mamlakatimizda til bayrami sifatida kеng nishonlanishi an’anaga aylanib qolganganligini, mamlakatimizda ona tilimizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning milliy ruhini oshirish uchun 1989- yil 21- oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinganligini aytib, xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’lganligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva so‘z olib, “Davlat tili haqida”gi  qonunimizning qabul qilinganiga 33 yil toʻlganligi, qonunning mustabid tuzum hukmronligi davrida qabul qilinishi xalqimizning oʻziga xos jasorati timsoliga aylanganligini, tilimizning kamsitilishiga chek qoʻyilib nufuzli xalqaro minbarlarda oʻzbekcha soʻzlarimiz yangray boshlaganligini aytib o‘tdi.

 

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida yurtimiz ozodlikka erishgach, oʻz ona tilimizda emin-erkin soʻzlash huquqiga ega boʻlganligimiz borasida qizg‘in munozara va suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati