20/10/2022

BMT Bosh Assambleyasining 2010-yil 3-iyundagi rezolyutsiyasiga asosan 20-oktabr – Butunjahon statistika kuni deb eʼlon qilingan. Ushbu sana har besh yilda bir marotaba keng miqyosda oʻtkaziladi. 

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Milliy Barqaror Rivojlanish maqsadlariga erishishni monitoring qilish bo‘yicha veb-sayt (nsdg.stat.uz) ishlab chiqilib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishga tushirilgan.

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan  joylashtirilib kelinmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech