2022- yil 14- oktabr kuni boshqarmada navbatdagi “Tinchlik bebaho ne’mat!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev ochib, Tinchlik insonga Alloh tomonidan tuhfa etilgan eng oliy saodat, ulug‘ ne’mat ekanligini, Tinchlikni asrab avaylash uchun avvalo yoshlar tarbiyasiga alohida ahamiyat berishimiz juda muhim vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva so‘z olib, Tinchlik va baxt hammavaqt birga yurishi, Ona O‘zbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba ne’mati, orzu-havaslarga yetishmoq imkonidan unumli foydalanib, tinchlik ne’mati qadrini yaxshi anglab, bunday e’tiqod-odatlarni yoshlarga har kuni singdirib borish muhim ekanligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish va taraqqiyot bardavom bo‘lishi muhimligi, yurt gullab-yashnashi, fuqarolarning turmushi farovon bo‘lishi yuzasidan muhokama qilindi.
Axborot xizmati