Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,7%ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 22,3%;
- ikki bolalilar 28,4%;
- uch bolalilar 17,8%;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 8,2%.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 23,3% uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.